Bugun 1 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Ukrainadagi poligonda portlash sodir bo‘ldi

Ukrainadagi poligonda portlash sodir bo‘ldi

Ukrainaning Xmelniskiy viloyatidagi harbiy o‘quv poligonida o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi, natijada to‘rt nafar harbiy xizmatchi jarohat oldi.

Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlar tezda kasalxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli aniqlanmoqda.

Bundan tashqari, hududda joylashgan bir nechta harbiy xizmatchilar bilan aloqa uzildi. Qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Tergovchilar tegishli harbiy qism qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibini so‘roq qilishni boshladilar.

Ta’kidlanishicha, o‘q-dorilar portlashi to‘xtatilgandan va o‘quv poligoniga xavfsiz kirish ta’minlangandan so‘ng, voqea joyini tekshirish o‘tkaziladi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!