Bugun 1 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Durov Rossiya hokimiyati qarorini masxara qildi

Durov Rossiya hokimiyati qarorini masxara qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyaning Rosfinmonitoring idorasi tomonidan terroristlar va ekstremistlar reestriga kiritilishiga ilk bor munosabat bildirdi. Uning aytishicha, Rossiya hokimiyati uni Telegramda ommaviy kuzatuv va senzura talablarini bajarishdan bosh tortgani uchun «terrorist» deb e’lon qilgan.

«Rossiya meni Telegram'da ommaviy kuzatuv va senzura talablarini bajarmaganim uchun “terrorist” deb tan oldi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, endi menga “internetda axborot e’lon qilish” taqiqlangan. Rossiya amaldorlari internetda kim kimni taqiqlashi mumkinligini, chamasi, adashtirib qo‘yishgan», — deb yozdi Durov.

Avvalroq Rosfinmonitoring Pavel Durovni terroristlar va ekstremistlar reestriga kiritgan edi. Undan bir kun oldin esa Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) unga terrorizmga ko‘maklashish ayblovi qo‘yilganini va tadbirkorni xalqaro qidiruvga berish niyati borligini ma’lum qilgan.

Rossiya maxsus xizmatlari talqiniga ko‘ra, Telegram Ukraina maxsus xizmatlari, shuningdek, terroristik va ekstremistik tashkilotlar tomonidan foydalanilayotgani iddao qilinadigan kanallar, chatlar va botlarni o‘chirmayapti.

Kiritildi: 22:12 31.07.2026. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!