AQSh prezidenti Donald Tramp Ispaniya migrantlarning katta oqimi tufayli "vayron bo‘lgan mamlakat"ga aylanishi mumkinligini aytdi.
Tramp bu bayonotni GB News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya endi "vayron bo‘lish" xavfi ostida. U shuningdek, Madridning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO)ga nisbatan pozisiyasini va AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyalarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishini tanqid qildi.