Donald Tramp ichki siyosiy tanqidchilar uning Tehron bilan tinchlik bitimi bo‘yicha olib borayotgan muzokaralariga xalaqit berayotganini, undan goh muzokara jarayonini tezlashtirishni, goh sekinlashtirishni talab qilayotganini aytdi.
"Siyosiy o‘yinchilar menga goh tezroq harakat qilishim yoki sekinlashishim, goh urush boshlashim yoki boshlamasligim kerakligini qayta-qayta uqtirayotganda, o‘z ishimni muhim darajada bajarishim va muzokaralar olib borishim ancha qiyinlashmoqda", — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Shu bilan birga, Tramp Eron xhaqiqatan ham AQSh va uning ittifoqchilari uchun foydali bo‘ladigan bitim tuzishni istayotganiga ishonch bildirdi.
'Shunchaki kresloga suyanib, xotirjam bo‘ling, oxir-oqibat hammasi yaxshilik bilan tugaydi vp doimo shunday bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi u.