Trampning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston deslerasiyasi endi ahamiyatsiz, chunki "o‘n yillab AQSh eksportchilariga katta ziyon yetkazilgan". U Hindistonni Rossiyadan neft va harbiy texnika sotib olishda aybladi hamda ikki tomonlama savdo aloqalarini "fojiali bir yoqlama" deb atadi.
Tramp avvalroq, 2025 yil 27 avgustda, Hindiston tovarlariga 50%lik bojlar joriy etgan edi. Bu bojlar kiyim, poyabzal, mebel va qimmatbaho toshlarni qamrab olgan. Shundan so‘ng AQSh Yevropa mamlakatlarini ham Hindistonga nisbatan shunday sanksiyalar joriy etishga chaqirgan.