Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish va NATO'ni saqlab qolish o‘rtasida tanlov bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi

Tramp Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish va NATO'ni saqlab qolish o‘rtasida tanlov bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi

Donald Trampning ta’kidlashicha, uning prezidentlik vakolatlarini xalqaro huquq emas, faqat “o‘z axloqi” cheklaydi. "Bitta cheklov bor. Bu — mening o‘z axloqim. O‘z aql-idrokim. Meni to‘xtata oladigan yagona narsa shu. Menga xalqaro huquq kerak emas. Men odamlarga ziyon yetkazishga intilmayman", — dedi AQSh prezidenti.

Tramp The New York Times jurnalistining "U uchun qay biri muhimroq — AQShning Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatishi yoki NATO'ni saqlab qolishmi?" degan savoliga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan bosh tortdi, biroq “tanlov bo‘lishi mumkin”ligini tan oldi.

Prezident alyans AQSh unda asosiy tayanch bo‘lmasa, amalda foydasiz ekanini ochiq-oydin bildirgan. "Menimcha, biz har doim Yevropa bilan til topishamiz. Ularni NATO'ga ko‘proq mablag‘ sarflashga, YAIMni oshirishga aynan men majbur qilganman", — dedi Oq uy rahbari.

Siyosatchi, shuningdek, AQShning Venesuyelada Nikolas Maduroni qo‘lga olish operasiyasi Xitoyning Tayvan bo‘yicha da’volarini amalga oshirishi uchun asos bo‘ldi, degan fikrni ham rad etdi.

"Bu Xitoy Si Jinpinning o‘ziga bog‘liq. Lekin men unga aytganman: agar u shunga o‘xshash ish qilsa, men bundan judayam norozi bo‘laman. Men Si Jinpin bunday qilmaydi, deb o‘ylayman. Umid qilaman, u bunday qilmaydi", — deya fikr bildirdiTramp.

Kiritildi: 17:08 09.01.2026. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!