Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Grenlandiya masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi

Tramp Grenlandiya masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritish g‘oyasidan voz kechmaganiga yana bir bor ishora qildi. U dam olish kunlari sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvirni e’lon qildi. Unda Trampning ulkan qiyofasi Grenlandiya qishlog‘i ustida tasvirlangan bo‘lib, rasmga «Salom, Grenlandiya» degan yozuv qo‘yilgan.

Shu kunlarda AQShning maxsus vakili Jeff Lendri Grenlandiyada bo‘lib turibdi. U mamlakat bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen hamda tashqi ishlar rahbari Mute Egede bilan muzokara o‘tkazgan.

Muzokaralardan so‘ng Nilsen Grenlandiya sotilmasligini va xalq o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega ekanini ta’kidladi.

Daniyaning DR telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Lendri Tramp topshirig‘i bilan Grenlandiyada AQShga moyil kayfiyatni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Biroq AQSh konsulxonasi ochilishi oldidan yuzlab namoyishchilar bino tomonga orqa o‘girib norozilik bildirgan.

The New York Times yozishicha, Lendri aholiga MAGA kepkalarini tarqatishga uringan, ammo qiziqish juda past bo‘lgan.

Kiritildi: 23:11 25.05.2026. O'qildi: 177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!