Germaniyadagi AQSh harbiy kontingenti 5000 nafardan ko‘proqqa qisqartiriladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Biz shaxsiy tarkib sonini sezilarli darajada kamaytiramiz va bu ko‘rsatkich 5 mingdan oshadi», — dedi u.
Qayd etish joizki, Pentagon biroz avval AQSh yaqin 6–12 oy ichida Germaniyadan 5000 nafar amerikalik askarni olib chiqib ketishi haqida e’lon qilgan edi.