AQSh prezidenti Donald Tramp turk qo‘shinlarini G‘azo sektoriga tinchlikparvar kuzatuv missiyasi doirasida joylashtirishni o‘rinli deb hisoblaydi.
Bu haqda The Times of Israel Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan munosabatlari yaxshi ekanini ta’kidladi.
"Biz buni muhokama qilamiz, agar u yaxshi bo‘lsa, menimcha, yaxshi... Turkiya ajoyib qildi va Erdog‘an menimcha, zo‘r qildi. U men uchun doim juda yaxshi rahbar bo‘lgan", — dedi Vashington ma’muriyati rahbari Falastiniga tinchlikparvar kuchlarning kiritilishini izohlar ekan.