AQSh prezidenti Donald Tramp FQB tomonidan Mar-a-Lago qarorgohiga o‘tkazilgan reyd uchun AQSh hukumatidan 1 milliard dollar kompensasiya olish niyati borligini bildirdi. U bu haqda Shimoliy Karolinada tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida aytdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u sudga da’vo arizasi kiritgan va uni yutib borayotganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u da’vo kelishuv orqali hal qilinishi mumkinligini ham aytdi.
Prezident avval pulni xayriyaga berishini aytgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu masalada hazil qilganini, aslida esa mablag‘ni o‘zlashtirish niyati yo‘qligini bildirdi. Shuningdek, u «o‘zi bilan kelishuvga kelish» kabi holat g‘alati ekanini ham qayd etdi.