Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Yevropadan norozi

Tramp Yevropadan norozi

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish bo‘yicha faol diplomatik harakatlardan vaqtincha voz kechishi mumkin. Bu haqda Axios nashri Oq uydagi manbalariga tayangan holda xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Tramp “jiddiy ravishda shunchaki kuzatuvchi bo‘lib qolish”ni o‘ylayapti. Balki, faqat “bir tomon yoki har ikkala tomon ham ko‘proq iyiluvchanlik namoyon qilgandan keyingina” muzokaralarga qaytishi mumkin.

«Biz shunchaki o‘tiramiz va kuzatamiz. Ularga yana biroz urushishga imkoniyat berish kerak — natija qanday bo‘lishini ko‘ramiz», — dedi yuqori lavozimli manba.


Axios ma’lum qilishicha, Oq uyda Tramp va Putin o‘rtasida Alyaskada o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin hech qanday ilgarilash kuzatilmayotganidan ranjish bor. Vashingtonda bunga Yevropa aybdor deb hisoblashmoqda, chunki Ukraina tinchlik uchun murosa qilishga tayyor emas.

🇺🇦 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa, Tramp muzokaralarga qiziqishini yo‘qotmaganini ta’kidlagan.

🕊 Avvalroq Tramp Rossiya va Ukraina rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv tashabbusini ularning o‘ziga qoldirishni va AQSh vaqtincha aralashmasligini aytgandi.

🇫🇷 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa, agar yaqin haftada oldinga harakat bo‘lmasa, Tramp Rossiyaning pozisiyasiga javobsiz qololmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:19 31.08.2025. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!