AQSh prezidenti Donald Tramp joriy yilning 1 iyunidan boshlab Yevropa Ittifoqiga nisbatan 50 foizlik boj joriy etishni tavsiya qilayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan savdo to‘siqlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqa harakatlar AQSh bilan savdo balansida yiliga 250 million dollardan ortiq defisitga olib keldi, bu esa mutlaqo nomaqbuldir.
"Ular bilan muzokaralarimiz hech qanday natija bermaydi! Shuning uchun men 2025 yil 1 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi uchun 50 foizlik tarif joriy etishni tavsiya qilaman. Agar mahsulot Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, boj olinmaydi," - dedi u.