Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp yettita federal agentlikni qisqartirishni buyurdi

Tramp yettita federal agentlikni qisqartirishni buyurdi

AQSh prezidenti Donald Tramp hukumat byurokratiyasiga qarshi davom etayotgan chora-tadbirlar doirasida yettita federal agentlik xodimlarini ommaviy ravishda qisqartirishni buyurdi, deb xabar bermoqda BBC.

Oq uy veb-saytida e’lon qilingan buyruqda qonunga ko‘ra, o‘z nizom funksiyalarini bajarishni to‘xtatishi, xodimlar soni va xizmatlarini minimal darajaga qisqartirishi kerak bo‘lgan muassasalar ro‘yxati keltirilgan.

Ular orasida AQShning beshta media korporasiyasini, jumladan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi va Amerika Ovozi radiolarini muvofiqlashtiruvchi AQSh Global Media agentligi (USAGM) ham bor.

Ro‘yxatga Muzey va kutubxona xizmati, Ozchiliklar biznesini rivojlantirish agentligi, AQShning uysizlar bo‘yicha idoralararo kengashi va boshqalar ham kiritilgan.

Trampning farmoniga ko‘ra, agentlik rahbarlari hujjat e’lon qilingan kundan boshlab yetti kun ichida, 21 mart kuni boshqaruv va byudjet departamentiga ijroiya farmoyishining qisqartirishlar va byudjetni qayta tashkil etish bo‘yicha talablari to‘liq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hisobot taqdim etishlari shart.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi AQSh Kongressi rahbariyatini USAGMni Trampning farmonining oqibatlaridan himoya qilish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

USAGM 49 tilda faoliyat yurituvchi radioeshittirish kompaniyalari ishini muvofiqlashtiradi. Ularning umumiy haftalik auditoriyasi 361 million kishini tashkil qiladi. Byudjeti esa 2025 yilda 950 million dollarni talab qiladi

Kiritildi: 18:19 17.03.2025. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!