AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning energetika ob’ektlariga zarba berish variantlarini tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda CNN telekanali muxbiri Zakari Koen o‘z manbasiga tayanib xabar qildi.
Jurnalistning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Tramp harbiylarga Eron hududidagi ob’ektlarga zarba berish bo‘yicha qo‘shimcha rejalar to‘plamini ishlab chiqishni buyurgan. Ushbu rejalar «ko‘plab energetika infratuzilmasi ob’ektlari»ni ham qamrab oladi.