AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron o‘rtasidagi potensial kelishuvdan so‘ng, Yaqin Sharqning bir qancha yetakchilari Eronning Avarram kelishuvlariga qo‘shilish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Ularning ko‘pchiligi [boshqa Yaqin Sharq davlatlari yetakchilari] bilan suhbatlarda ular bizning hujjatimiz imzolangandan so‘ng, Eron Islom Respublikasi ham Avaraam kelishuvlarining bir qismiga aylansa, bu ular uchun sharaf bo‘lishini aytishdi. Bu chindan ham o‘zgacha narsa bo‘lardi! Bu buyuk, ammo doimo ziddiyatli bo‘lgan davlatlar imzolaydigan eng muhim kelishuv bo‘lardi. O‘tmishda ham, kelajakda ham hech narsa undan oshib keta olmaydi", deb ta’kidladi u.
Tramp qo‘shimcha qildi: "Agar Eron Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti sifatida men bilan kelishuvni imzolasa, biz ularni ushbu misli ko‘rilmagan global koalisiyaning bir qismi sifatida ko‘rishdan sharaflanamiz".