Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp eronliklarni noroziliklarni davom ettirishga chaqirdi va «yordam yo‘lda» ekanini aytdi

Tramp eronliklarni noroziliklarni davom ettirishga chaqirdi va «yordam yo‘lda» ekanini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida eronliklarni norozilik aksiyalarini davom ettirishga chaqirib, namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik to‘xtamaguncha Eron rasmiylari bilan barcha uchrashuvlarni bekor qilganini bildirdi.

«Eronlik vatanparvarlar, noroziliklarni davom ettiring, hokimiyat institutlarini egallang. Qotillar va zo‘ravonlarning ismlarini yozib oling — ular bunga javob beradi», — deb yozdi Tramp.

Shuningdek, u «yordam allaqachon yo‘lda» ekanini ta’kidladi, ammo bu haqda batafsil ma’lumot bermadi.

Kiritildi: Bugun 20:40. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!