Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eronga qattiq iqtisodiy zarba berish bilan tahdid qildi

Tramp Eronga qattiq iqtisodiy zarba berish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti bu haqda Nyu-York shtatidagi Garden Siti shahrida joylashgan David S. Mack nomidagi o‘quv va razvedka markazida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Vashington Tehronning neft savdosi, moliyaviy tizimi va xalqaro hamkorlariga qarshi yanada keskin cheklovlar joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Ekspertlarning aytishicha, Oq uy hozirda Eron neftining asosiy xaridori hisoblangan Xitoyga bosimni kuchaytirish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Eron neftini qayta ishlayotgan Xitoydagi neftni qayta ishlash zavodlariga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy etilishi mumkin. Shuningdek, Eron mablag‘lari orqali operasiyalar amalga oshirayotgan ayrim Xitoy banklari ham Vashingtonning e’tibor markazida qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:46. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!