AQSh Prezidenti Donald Tramp AQSh va Isroilning Eronga qarshi qo‘shma operasiyasi Tehrondagi "rejimdan kelayotgan tahdidlarni" yo‘q qilish uchun "eng yaxshi imkoniyat" bo‘lganini aytdi.
"Bu bizning zarba berish va hozirda amalga oshirayotgan ishlarimiz orqali ushbu kasal va mash’um rejimdan kelayotgan chidab bo‘lmas tahdidlarni bartaraf etish uchun so‘nggi hamda eng yaxshi imkoniyatimiz edi", — dedi Tramp Oq uydagi chiqishida.