AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi iqtisodiy bosim va blokadani «po‘lat devor» deb atadi.
«Tasnim» xabar berishicha, Tramp Eronning mudofaa salohiyati haqida gapirar ekan, mamlakat hozirda havo va dengiz kuchlariga ega emasligini da’vo qilgan.
U, shuningdek, «Eron masalasi» saylovlardan so‘ng darhol hal etilishini aytgan.
Trampning ta’kidlashicha, Eronga qarshi urush yakunlanganidan keyin neft narxlari keskin pasayishi mumkin. U Eronga nisbatan qo‘llanilayotgan iqtisodiy bosim va blokadani «po‘lat devor» deya ta’riflagan.