Namangan viloyatida fuqaroni qiynoqqa solgan 3 nafar sobiq profilaktika inspektori sud hukmi bilan turli muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, ular IIB binosida fuqaroni kaltaklab, qiynagan hamda uni huquqbuzar sifatida qamatishga uringan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahri sudi qaroriga muvofiq, ayblanuvchilar 7 yil, 6 yil va 5 yil 2 oy muddatga qamaldi.