Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Finlyandiya elchisi Marya Liyvalani Rossiya davlat bayrog‘i yoqib yuborilgani munosabati bilan chaqirdi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, 24 fevral kuni Finlyandiyadagi Rossiya elchixonasi binosi oldida noma’lum shaxslar tomonidan Rossiya davlat bayrog‘ini yoqib yuborish holati sodir bo‘lgan. Shu munosabat bilan Finlyandiya diplomatik vakolatxonasi rahbariga qat’iy norozilik bildirilgan.
Rossiya tomoni ushbu hodisani milliy ramzni haqorat qilishning qo‘pol va qabul qilib bo‘lmaydigan harakati sifatida baholagan.