Agentligikning manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh razvedkasi Donald Trampning “Eron tez orada AQSh hududiga yetib boradigan raketalarga ega bo‘ladi” degan so‘zlarini tasdiqlamaydi.
Manbalar prezidentning bu bayonoti bo‘rttirilgan bo‘lib, Eronga qarshi ehtimoliy zarba haqidagi uning ayrim dalillarini shubha ostiga qo‘yishini bildirgan.
AQSh harbiy razvedkasi o‘tgan yilgi Eronning mavjud kosmik tashuvchi raketalardan foydalanib, “harbiy qit’alararo ballistik raketa” ishlab chiqishi uchun 2035 yilgacha vaqt kerak bo‘lishi mumkinligi haqidagi hisob-kitoblarini hali ham o‘z kuchida ekanini qayd etgan.
Manbalardan birining ma’lum qilishicha, hatto Xitoy yoki Shimoliy Koreya Eronga texnologik yordam ko‘rsatgan taqdirda ham, mamlakatning qit’alararo ballistik raketa darajasiga mos va foydalanishga tayyor “narsa” ishlab chiqishi uchun kamida sakkiz yil kerak bo‘ladi.
Shuningdek, manbalar hozircha Eronning AQSh hududiga tez orada yetadigan raketa ishlab chiqayotgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytishgan.