Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Eron boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechishga rozi bo‘ldi

Eron boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechishga rozi bo‘ldi

Eron Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarda barcha boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidi CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’ulm qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, bu Vashingtonning Tehronga yadroviy bitim tuzish bo‘yicha asosiy talablaridan biri.

"Hozirgi zaxiralarga kelsak, menimcha, endi ular minimal darajada - neytral, tabiiy darajaga qayta ishlanishi haqida kelishuvga erishildi. Ya’ni, ular yoqilg‘iga aylantiriladi va bu yoqilg‘i qaytarib bo‘lmaydigan bo‘ladi", dedi al-Busaidi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Eron MAGATE inspektorlariga o‘zining yadroviy inshootlariga kirish huquqini berishga rozi bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, AQSh va Eron o‘rtasida kelishuvga erishish mumkin, ammo "ba’zi tafsilotlarni aniqlashtirish uchun biroz ko‘proq vaqt kerak". The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida AQSh Erondan Fordov, Natanz va Isfahondagi yadroviy inshootlarini demontaj qilishni, shuningdek, barcha boyitilgan uranni eksport qilishni talab qilgan. Eron hukumati axborot kengashi rahbari Elias Hazrati Eron "hech narsa eksport qilmasligini" va "mamlakat ehtiyojlariga muvofiq" uranni boyitishda davom etishini aytdi.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!