Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eronga qarshi amaliyot tufayli saylovoldi va’dasini buzganini rad etdi

Tramp Eronga qarshi amaliyot tufayli saylovoldi va’dasini buzganini rad etdi

AQSh prezidenti Tehronga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazilganiga qaramay, "yangi urushlar boshlamaslik" haqidagi saylovoldi va’dasini buzilgan deb hisoblamasligini ma’lum qildi.

NBC News telekanaliga bergan intervyusida jurnalist Kristen Uelker yangi urushlardan voz kechish Trampning 2015 yildan beri bergan asosiy va’dalaridan biri bo‘lganini eslatib, u ushbu va’dasini buzdimi-yo‘qmi deb so‘radi. Bunga javoban prezident Eronga qarshi harakatlar Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur bo‘lganini ta’kidladi.

"Men o‘ta qudratli va juda xavfli davlatning yadroviy qurolga ega bo‘lishini to‘xtatishim kerak edi. Men dunyoga va mamlakatimizga xizmat ko‘rsatmoqdaman", — dedi u.

Yangi urushlar boshlamaslik va’dasi haqidagi takroriy savolga Tramp: "Birinchi navbatda, men urushlar umuman bo‘lmasligiga kafolat bermaganman", — deya javob qaytardi.

O‘zaro bahs paytida Tramp Uelkerni "katta liberal" deb ham atadi. U o‘zini "shunchaki jurnalist" ekanini aytib e’tiroz bildirganida, prezident amerikaliklar uning qarorlariga ishonishini va Eron tahdidini uzil-kesil yo‘q qilmoqchi ekanligini bildirdi.

"Men buni yoki muzokaralar orqali amalga oshiraman — biz kelishuvga juda yaqinmiz, yoki ochig‘ini aytganda, ularga hujum qilib kulini ko‘kka sovuraman. Bu hatto osonroq yo‘l", — dedi Tramp. Shu bilan birga, u hozirgi ziddiyatni "cheksiz urush" deb hisoblamasligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 17:07. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!