Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Erondagi urushni tugata olmadimi7

Tramp Erondagi urushni tugata olmadimi7

Tramp Erondagi urushni tugata olmagani uchun aybni yaqin atrofidagi amaldorlarga yuklamoqchi, deb yozmoqda The Atlantic

The Atlantic nashri manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi urushni tugata olmayotgani uchun mas’uliyatni o‘z atrofidagi ayrim amaldorlarga yuklash yo‘llarini izlamoqda.

Nashrning yozishicha, bu borada Pentagon rahbari Pit Hegset va AQSh Qurolli kuchlari Bosh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Den Keyn nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Ular urush masalasida Trampning asosiy maslahatchilari bo‘lgan va dastlab uning muvaffaqiyatiga ishonch bildirgan.

Shu bilan birga, Oq uyda xegsetga nisbatan ishonch pastligi aytilmoqda. Trampga yaqin manbalar vazir urushdagi haqiqiy vaziyatni yashirib, prezidentga yoqish uchun uni ijobiy ko‘rsatishga urinayotganini bildirgan.

Kiritildi: 15:03 02.11.2026. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!