Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "Eronda yangi rahbariyat guruhi paydo bo‘ldi, bu aslida rejim o‘zgarishi demakdir"

Tramp: "Eronda yangi rahbariyat guruhi paydo bo‘ldi, bu aslida rejim o‘zgarishi demakdir"

Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi operasiyasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarga shunday dedi.

"Biz, ular aytganidek, urush holatidamiz. Ular buni urush deb atashadi, men buni harbiy operasiya deb atayman, juda muvaffaqiyatli. Biz amalda rejimni o‘zgartirdik - bu rejim o‘zgarishi, chunki endi rahbarlar biz boshlaganlardan butunlay farq qiladi", deb ta’kidladi u.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vashington endi ularning qanday ishlashini ko‘rishi kerak.

Tramp shuningdek, AQSh Eron bilan vise-prezident Jey De Vens, Davlat kotibi Marko Rubio va maxsus elchi Stiv Uitkoff ishtirokida muzokaralar olib borayotganini da’vo qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, Tehron kelishuvga erishishdan juda manfaatdor.

"Ularning barcha rahbarlari g‘oyib bo‘lishdi. Hech kim kim bilan gaplashishni bilmaydi, lekin biz aslida to‘g‘ri odamlar bilan gaplashyapmiz va ular kelishuvni juda xohlashadi - ular buni qanchalik xohlashlarini tasavvur ham qila olmaysiz. Nima bo‘lishini ko‘ramiz", dedi Vashington ma’muriyati rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni ularga juda katta miqdordagi sovg‘a bergan va bugun yetib kelgan: "Bu neft va gaz bilan bog‘liq".

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!