Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Eron bo‘yicha Saudiya Arabistoni va boshqa ittifoqchilar bilan maslahatlashmoqchi

Tramp Eron bo‘yicha Saudiya Arabistoni va boshqa ittifoqchilar bilan maslahatlashmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasi doirasida Fors ko‘rfazidagi ittifoqchi davlatlar rahbarlari bilan Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qilish niyatida. Bu haqda Axios xabar berdi.

Tramp Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Bahrayn, Quvayt va Ummon vakillari bilan uchrashib, Yaqin Sharqdagi mojaro bo‘yicha keyingi qadamlar haqida ularning fikrini eshitmoqchi.

"Men ularning hozir qanday vaziyatda ekanini va ishlari qanday ketayotganini bilishni istayman. Biz doimo ular haqida juda ko‘p qayg‘urganmiz", — dedi Tramp Axios nashriga bergan intervyusida.

Muzokaralarda Eron bilan bog‘liq mojaroning keyingi bosqichi va mintaqadagi vaziyat asosiy mavzulardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:35 17.09.2026. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!