Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eron bilan urushni “harbiy mashg‘ulot” deb atadi va bu AQSh uchun “katta urush emasligini” aytdi

Tramp Eron bilan urushni “harbiy mashg‘ulot” deb atadi va bu AQSh uchun “katta urush emasligini” aytdi

AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida blokada o‘rnatdi, shuning uchun biz ham ularni blokada qildik. Bizda mutlaq blokada mavjud;

◾️ Ular yadroviy qurolga ega bo‘lmasliklarini tan olishdi;

◾️ Vashington Tehron bilan muzokaralarning har qanday natijasida yuqori darajada boyitilgan uranni musodara qiladi;

◾️ Agar Eron oliy rahbari buni xohlasa, men u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishga tayyorman;

◾️ Eron ko‘rayotgan zararlar misli ko‘rilmagan darajada, uning iqtisodiyoti inqiroz holatida;

◾️ Biz Eron bilan yakuniy kelashuvga erishgunimizga qadar mintaqadagi AQSh kuchlarini saqlab qolamiz;

◾️ Men Eronning yangi rahbariyatini yanada aqlli deb hisoblayman;

◾️ Mujtabo Xominaiyning qayerdaligini bilish-bilmasligimni aytmoqchi emasman, lekin buni bilishimning ehtimoli yuqori. U juda og‘ir yaralangan.

Kiritildi: Bugun 08:21. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!