Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real" prezidenti "bomba" transferlar ro‘yxatini tuzdi

"Real" prezidenti "bomba" transferlar ro‘yxatini tuzdi

Joriy mavsumni birorta ham kubokciz yakunlagan Madridning "Real" klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida katta "portlash" qilishga hozirlanmoqda. "Qaymoqranglilar" yangi mavsum oldidan jamoa tarixidagi eng shov-shuvli xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Klub prezidentligi uchun kurashayotgan Florentino Peres hamda uning asosiy raqobatchisi Enrike Rikelme saylovoldi kampaniyasida yirik transferlar va’dasi bilan o‘zaro kurashni qizdirmoqda.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, amaldagi prezident Florentino Peres saylovda zafar quchgan taqdirda, jamoaga olib kelinishi kerak bo‘lgan superyulduzlar ro‘yxatini allaqachon shakllantirgan. Ushbu short-listdan quyidagi futbolchilar joy olgan:

  • Vitinya ("PSJ")

  • Joau Nevesh ("PSJ")

  • Xvicha Kvarasxeliya ("PSJ")

  • Dezire Due ("PSJ")

  • Jamal Musiala ("Bavariya")

  • Xulian Alvares ("Atletiko Madrid")

Qayd etilishicha, Peres yaqinda bergan bayonotida ushbu nomzodlardan biri uchun "Real" 150 million yevrodan voz kechishga tayyorligini sha’ma qilgan, biroq aynan qaysi futbolchi ekanligini sir saqlagan.

Kiritildi: Bugun 10:42. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!