Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Eron bilan tuzilayotgan kelishuv jarayoni ikkinchi bosqichga o‘tganini ma’lum qildi

Tramp Eron bilan tuzilayotgan kelishuv jarayoni ikkinchi bosqichga o‘tganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvni imzolashning keyingi bosqichi osonroq kechishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Donald Tramp yana bir bor AQSh Eronni tiklash uchun 300 milliard dollar sarflashi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, Vashington mamlakat infratuzilmasiga qandaydir mablag‘ kiritish majburiyatini olmagan.

Tomonlar 19 iyun kuni Shveysariyada yakuniy kelishuvni imzolashi kutilmoqda. Shundan so‘ng Tehron va Vashington qolgan bahsli masalalar bo‘yicha 60 kun davomida muzokaralar olib boradi. Kelishuvning elektron shakli 15 iyunda imzolangandi.

Kiritildi: 13:51 17.06.2026. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!