Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp: Eron bilan tinchlik kelishuvi deyarli tayyor, imzo qolgan xolos

Tramp: Eron bilan tinchlik kelishuvi deyarli tayyor, imzo qolgan xolos

Donald Trampning ma’lum qilishicha, Eron bilan AQSh o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi deyarli tayyor holatga keltirilgan va faqat uni imzolash qolgan.

Trampning aytishicha, Vashington va Tehron o‘rtasidagi kelishuv ustida ish bir necha oydan buyon davom etmoqda, biroq Eron tomoni jarayonni kechiktirmoqda.

“Ular shunchaki hujjatlarni imzolashni boshlashlari kerak. Hammasi tayyor”, — dedi AQSh prezidenti.

Shu bilan birga, Trampning ta’kidlashicha, muzokaralar jarayonida Pokiston vositachi sifatida ishtirok etmoqda va tomonlar o‘rtasida yaqinlashuvga ko‘maklashmoqda.

Hozircha Eron tomoni ushbu bayonot yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan.

Kiritildi: 23:32 10.06.2026. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!