Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Eron bilan muzokaralar yaxshi ketmoqda"

Tramp: "Eron bilan muzokaralar yaxshi ketmoqda"

Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar yaxshi ketmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

"Muzokaralar yaxshi ketmoqda. Lekin maqsadga erishilmaguncha bu hech narsani anglatmaydi. Shuning uchun men bu haqda gapirishni yoqtirmayman" - dedi Amerika rahbari va "Eron bilan vaziyat ancha yaxshi rivojlanayotganini" ta’kidladi.

12 aprel kuni Ummonda Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyatni tartibga solish uchun Tehron va Vashington vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Eron delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi, AQSh delegasiyasiga esa prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff boshchilik qildi. Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv konstruktiv va osoyishta ruhda o‘tgan va tomonlar maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib olgan. Ikkinchi tur 19 aprel kuni Ummonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:23 13.04.2025. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!