Tramp Eron bilan allaqachon kelishib bo‘lingan shartnomaga o‘zgartirishlar kiritishni talab qildi — Axios.
AQSh rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, prezidenti Donald Tramp kelishuvda Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha Tehron tomonidan aniq yon berishlarni ko‘rishni istamoqda.
"Hozirgi ko‘rinishida shartnoma faqat Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik majburiyatini o‘z ichiga oladi. Tramp esa shartnomada AQSh Eron tomonidan allaqachon boyitilgan uranni qabul qilib olishi bo‘yicha yanada aniqroq muddat va shartlarni belgilab qo‘ymoqchi", deya xabar bermoqda Axios.
Nashr suhbatdoshlaridan birining aytishicha, Tramp, shuningdek, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi faoliyatining tiklanishiga oid ayrim ta’riflarni ham o‘zgartirish niyatida.