Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp dronlar Putinning qarorgohiga hujum qilgan bo‘lsa, bu “yomon hodisa” hisoblanishini aytdi

Tramp dronlar Putinning qarorgohiga hujum qilgan bo‘lsa, bu “yomon hodisa” hisoblanishini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbatini samarali deb atadi va Putin unga Novgorod viloyatidagi Valday qarorgohiga Ukraina tomonidan hujum bo‘lgani haqida aytganini bildirdi.

"Bunday harakatlar menga yoqmaydi. Bu yomon", — dedi AQSh prezidenti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida uchrashuvi oldidan.

Shu bilan birga, Tramp hujum haqidagi da’volar yolg‘on bo‘lishi, umuman hujum qilinmagan bo‘lishi ham mumkinligini tan oldi, biroq hujum haqda unga aynan Putin aytganini qo‘shimcha qildi. Trampning ta’kidlashicha, u bu haqda endigina xabar topgan va tafsilotlarni bilmaydi.

"Bilasizmi, menga buni kim aytdi? Prezident Putin. U menga o‘z qarorgohiga hujum bo‘lganini aytdi. Bu yomon. Hozir bunday harakatlar uchun mos vaqt emas", — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Rossiya TIV rahbari Lavrov Ukraina Putinning Valdaydagi qarorgohiga 91 ta dron bilan hujum qilganini aytgan va Moskva bunga "munosib javob" berishini bildirgandi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa bu ayblovni rad etib, Rossiya Ukrainaga qarshi yangi hujumlarga, jumladan Kiyevdagi hukumat binolariga zarbalar berishga hozirlik ko‘rayotganini aytgandi. Zelenskiy, shuningdek, Moskva bu yolg‘on ayblovni "muzokaralardan voz kechishni oqlash" uchun tarqatayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:22. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!