Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

"Tramp doktrinasi": Ironga zarba, urushsiz strategiya

"Tramp doktrinasi": Ironga zarba, urushsiz strategiya

AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Ironga qarshi AQSh havo hujumlaridan so‘ng «Tramp doktrinasi» deb nomlangan yangi tashqi siyosat yo‘nalishini e’lon qildi. Bu haqda u Breitbart nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

🗣 Vens ta’riflagancha, doktrina quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Boshqa davlatlarda tuzumlarni almashtirish emas;

  • Avvalo diplomatik urinishlar;

  • Agar diplomatiya samara bermasa, aniq va kuchli harbiy kuchdan foydalanish;

  • Urushlarga cho‘zilmasdan, maqsadga erishgach, chegaralangan operasiya orqali chiqib ketish.

«Menimcha, Tramp doktrinasi AQSh tashqi siyosatining asosiy tamoyiliga aylanadi, nafaqat respublikachilar, balki mamlakat uchun ham. Bu yondashuvda avval o‘z manfaatlarimizni aniqlaymiz, diplomatik harakat qilamiz va diplomatiya muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, hal qiluvchi harbiy kuch ishga tushadi», — dedi Vens.

🇮🇷 Iron masalasiga to‘xtalar ekan, u shunday deydi:

«Biz tuzumni o‘zgartirish niyatida emasmiz. Biz Ironni Viskonsinga aylantirishni istamaymiz. Biz shunchaki ularning yadroviy dasturini yo‘q qildik va shundan keyin chiqib ketamiz».

Kiritildi: 12:50 25.06.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!