"Men prezident bo‘lmaganimda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin butun Ukrainani bosib olgan bo‘lardi, deb o‘ylayman, bu hech qachon bo‘lmasligi kerak bo‘lgan urush. Lekin men prezidentman va u men bilan o‘ynay olmaydi" - dedi Tramp.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Tramp Rossiya yetakchisi bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, u tezda yakunlanishini qo‘shimcha qildi: "Agar uchrashuv muvaffaqiyatli bo‘lsa, yaqin kelajakda tinchlikka erishamiz".
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi kutilgan edi:
"Mening rahbarligimda bunday bo‘lmasdi, to‘rt yil davomida bu haqda gap ham bo‘lmasdi. Men qarama-qarshilik yaqinlashayotganini ko‘rdim va ketganimdan keyin nima bo‘lganini ko‘rdim. Hamma aybdor, Putin aybdor, hamma aybdor".