Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

AQSH-Rossiya sammiti arafasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Putinning Alyaskaga kelishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi — BBC

AQSH-Rossiya sammiti arafasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Putinning Alyaskaga kelishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi — BBC

Ma’lumotlarga ko‘ra mazkur namoyishda bir necha yuz kishi qatnashgan.

Stand UP Alaska jamoat tashkiloti rahbari Erin Jekson-Hill sammitdan uch kun oldin “Ukrinform” agentligiga bergan intervyusida, safdoshlari bilan 14 avgust kuni Ankorij markazida “Alyaska Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi” shiori ostida miting o‘tkazishini aytgan, ertasi kuni, ya’ni sammit chog‘ida, o‘sha joyda boshqa bir tashkilotning mitingi bo‘lishini bildirgan.

"Biz avtoritar diktatorlarni shtatimizga taklif qilishga qarshimiz, ayniqsa, buni bizning gubernatorimiz yoki Kongressdagi vakillarimiz qilmayotgan bo‘lsa. Putin harbiy jinoyatchi va unga Amerika tuprog‘ida o‘rin yo‘q", — dedi Jekson-Hill.

Kiritildi: Bugun 12:48. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!