Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Tramp–Putin uchrashuvi: Markaziy Osiyo uchun uch ehtimoliy ssenariy

Tramp–Putin uchrashuvi: Markaziy Osiyo uchun uch ehtimoliy ssenariy

Alyaskadagi muzokaralar mintaqaning siyosiy va iqtisodiy kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskaning Elmendorf-Richardson qo‘shma harbiy bazasida uchrashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. The Times of Central Asia yozishicha, ushbu uchrashuv Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham umid, ham xavotir uyg‘otmoqda.

Mintaqa davlatlari, jumladan O‘zbekiston, Ukraina bo‘yicha neytral pozisiyani saqlab qolmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiyaning Donesk va Lugansk “respublikalari”ni tan olmadi. Turkmaniston doimiy betaraflik siyosatini davom ettirmoqda. Qirg‘iziston va Tojikiston esa BMT rezolyusiyalarida ovoz berishdan tiyilib, umumiy tinchlik chaqiriqlari bilan kifoyalanmoqda.

Mutaxassislar uchrashuvdan keyin uch ehtimoliy ssenariyni taxmin qilmoqda. Birinchisi — o‘t ochishni to‘xtatish: bozorlar barqarorlashishi, sanksiyalar xavfining kamayishi va Markaziy Osiyoning savdo hamda diplomatiya markaziga aylanishi mumkin. Ikkinchisi — urushning davom etishi: bozorlar beqaror bo‘lib qolishi, sanksiyalar bosimining saqlanishi, ammo Rossiya ta’sirining asta-sekin kamayishi ehtimoli.

Uchinchi ssenariy — katta geosiyosiy qayta taqsimot: mintaqa G‘arb yoki Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirishi yoki aksincha, Rossiya bosimi ortishi mumkin. Analitiklar fikricha, Tramp–Putin uchrashuvi natijasidan qat’i nazar, Markaziy Osiyo davlatlari o‘z tashqi siyosatini yanada ehtiyotkorlik bilan olib borishga majbur bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 17:19. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!