AQShni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirayotgan Yevropa yetakchilari o‘zlari ham nimadir qilishlari yoki "jim bo‘lishi" kerak.
Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Fox New nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Evropaliklar bu sanksiyalarda bizga qo‘shilishi kerak... Harakat qilish yoki jim turish vaqti keldi", dedi u.
Bessentning eslatishicha, AQSh Rossiya neftini sotib olish uchun Hindistonga ikkilamchi bojlar joriy qilgan, Yevropa Ittifoqi esa sanksiyalarga qo‘shilmagan va Hindiston neftni qayta ishlash zavodlaridan neft sotib olishda davom etgan. "Bizga muvofiqlashtirish kerak", deya qo‘shimcha qildi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Amerika rahbarlarining 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi natijalariga ko‘ra Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi yoki yumshatilishi mumkin.