AQSh prezidenti Donald Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida G‘azo sektori bo‘yicha tinchlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Jurnalist Aleks Uikxemning ma’lum qilishicha, marosim 22 yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
Shu bilan birga, kelishuvga a’zo davlatlar doirasi hali aniqlanmagan, ko‘plab davlatlar esa AQShdan hujjat shartlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.