AQSh prezidenti Donald Tramp chet el mahsulotlariga bojlarni qo‘llashda istisnoga ruxsat beradi.
Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, deya xabar bermoqda “Report” .
"Istisnolar bo‘lishi mumkin. Agar kimdir biz uchun istisnoli ish qilganini ko‘rsak, bu mumkin. Asosiy tarif stavkasi kamida 10% bo‘ladi, ba’zi mamlakatlar uchun bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘ladi - 40%, 50%, 60%. Vashington yaqin kelajakda 4-5 ta savdo bitimi tuzishni kutmoqda", - dedi u.