Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp cherkovga berilgan zarba uchun Netanyahuni tanqid qildi

Tramp cherkovga berilgan zarba uchun Netanyahuni tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil armiyasi tomonidan G‘azodagi Muqaddas Oila katolik cherkoviga berilgan zarbadan so‘ng Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Oq uy xabariga ko‘ra, Netanyahu ushbu zarba isroilliklar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik ekanini tan olgan.

«Prezidentga bu zarba haqidagi xabar yoqmadi va u bu haqda ochiq bildirdi», — dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt. Uning ta’kidlashicha, Netanyahu Trampga «bu isroilliklar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik ekanini» ma’lum qilgan.

Quddusdagi Lotin Patriarxati ma’lumotlariga ko‘ra, Zaytun tumanidagi Muqaddas Oila cherkoviga berilgan zarba oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi yaralangan, ulardan biri og‘ir ahvolda. Jabrlanuvchilar orasida mahalliy cherkov ruhoniysi ota Gabriel Romanelli ham bor — u yengil tan jarohati olgan.

Kiritildi: 09:00 18.07.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!