Qo‘shma Shtatlar 2025 yil 1 avgustdan boshlab Braziliyadan keladigan barcha tovarlarga 50 foizlik import bojini joriy qiladi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"2025 yilning 1 avgustidan boshlab biz barcha sohaviy bojlardan tashqari, AQShga jo‘natiladigan barcha Braziliya tovarlariga 50 foizlik boj kiritamiz", — deb yozgan Tramp.
Avvalroq u Yaponiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va Malayziya kabi o‘n ikki davlatni 2025 yil 1 avgustdan boshlab 25 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan yangi import bojlari joriy etilishi haqida allaqachon xabardor qilgan edi. AQSh rasmiylari hamkorlar bilan savdo muzokaralarida muvaffaqiyatga erishilmasa, bunday choralarga qaytish ehtimoli haqida ogohlantirgan.