Qo‘shma Shtatlar Boeing kompaniyasiga F-47 nomli yangi oltinchi avlod qiruvchi samolyotiga buyurtma berdi. AQShning 47-prezidenti Donald Tramp buni “chiroyli raqam” deb atadi. F-47 asosan jangovar dronlar bilan birgalikdagi missiyalar uchun ishlatiladi, deb ishoniladi.
“F-47 hozirgacha yaratilgan eng ilg‘or, qobiliyatli va halokatli samolyot bo‘ladi. Ishonchimiz komilki, u boshqa har qanday davlatning imkoniyatlaridan ancha yuqori bo‘ladi. Samolyot deyarli ko‘rinmas bo‘lib, tengsiz manevr va unumdorlikka ega bo‘ladi”, — dedi Tramp.
AQSh prezidenti xavfsizlik nuqtai nazaridan, buyurtma hajmi haqida hech qanday ma’lumot bermadi. Ammo xarajatlar sezilarli bo‘lishi kutilmoqda, har bir qiruvchi samolyot 300 million dollarga tushadi, bu AQSh havo kuchlarining boshqa har qanday samolyotlariga qaraganda ancha yuqori.
Yangi qiruvchi Lockheed Martin kompaniyasining 1980-yillarda ishlab chiqilgan va 2005-yildan beri xizmat qilib kelayotgan F-22 Raptor o‘rnini bosishi mo‘ljallangan.
Boyeing uchun F-47 buyurtmasi qiyin davrdan keyin muhim bosqichdir. Xavfsizlik xavotirlari va keng tarqalgan ish tashlashlar kompaniyani qattiq bosim ostida qoldirdi. O‘tgan yili Boeing taxminan 11,8 milliard dollar yo‘qotdi, daromad esa 14 foizga kamaydi.