AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning tug‘ilgan kunida o‘zining sog‘lig‘i a’lo darajada ekanligi haqidagi shifokorning maktubini e’lon qildi.
Bu haqda u Truth ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bunday ko‘rsatkichlarga ega Tramp uzoq yillar davomida faol hayot tarzini olib borishda davom etadi.
Bayden 20 noyabr kuni 81 yoshga to‘lgan.