Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Baydenni Amerika uchun "butunlay sharmandalik" deb atadi

Tramp Baydenni Amerika uchun "butunlay sharmandalik" deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan suhbati haqida so‘zlar ekan, o‘zidan oldingi prezident Jo Bayden haqida salbiy fikr bildirdi.

Bu haqda The New York Post (NYP) gazetasi xabar bermoqda.

"Bayden mamlakatimiz uchun sharmandalik edi. Butunlay sharmandalik," - deb ta’kidladi Amerika davlati rahbari.

Tramp Putin bilan doimo yaxshi munosabatda bo‘lganini yana bir bor aytib o‘tdi. Amaldagi Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u aynan shu jihati bilan Oq uyning avvalgi egasidan farq qiladi.

Ilgari AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan telefon orqali suhbatlashgani ma’lum bo‘lgandi. Tramp suhbat qancha davom etganini aniqlashtirmadi. Uning aytishicha, muhokamaning asosiy mavzusi Rossiya Federasiyasining Ukrainada olib borayotgan urushi bo‘lgan. Amerika yetakchisi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha "aniq rejasi" borligini ta’kidladi va urush tez orada tugashiga umid bildirdi.

Kiritildi: 22:47 09.02.2025. O'qildi: 1446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!