Federal qonunga ko‘ra, sobiq vise-prezidentlarga lavozimini tark etganidan so‘ng olti oy davomida Maxfiy xizmat tomonidan himoya taqdim etiladi. Kamala Harris uchun bu muddat 2025 yil 21 iyulda tugashi kerak edi, deya yozmoqda nashr.
"Biroq sobiq prezident Jo Bayden lavozimidan ketishidan avval maxfiy hujjatni imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra Harris uchun maxsus himoya 2026 yil 21 iyulgacha, ya’ni yana bir yilga uzaytirilgan edi. Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti Donald Tramp esa ushbu hujjatni bekor qilib, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Harris uchun qonunda belgilangan muddatdan tashqari barcha xavfsizlik choralarini to‘xtatishni buyurdi", deyiladi CNN xabarida.