AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq AQShning 46-prezidenti Jo Bayden qalam (hujjatlarni avtomatik imzolash moslamasi) yordamida imzolagan barcha afv etish hujjatlari boshqa barcha hujjatlar qatori o‘z kuchini yo‘qotganini ma’lum qildi.
Bu haqda Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Bayden qalam yordamida imzolagan "har qanday hujjatlar, deklarasiyalar, ijro buyruqlari, memorandumlar yoki shartnomalar" "yaroqsiz deb hisoblanadi".
"Kimki afv etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yoki shu tarzda imzolangan boshqa huquqiy hujjatlarni olgan bo‘lsa, iltimos, bilingki, ular butunlay o‘z kuchini yo‘qotadi va qonuniy kuchga ega emas", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
28 noyabr kuni Tramp, shuningdek, "uyqusirab Jo Bayden qalam yordamida imzolagan har qanday hujjatlar – ularning taxminan 92 foizi endi o‘z kuchini yo‘qotadi", dedi. Amerika rahbari o‘shanda ta’kidlaganidek, "radikal so‘l demokratlar" amalda “Baydenning prezidentlik vakolatlarini tortib olishgan”.