AQSh prezidenti Donald Tramp yangi yirik data-markazlar o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishi shartligini bildirdi. Ortiqcha energiya esa mahalliy aholiga berilishi yoki elektr tarmog‘iga sotilishi kerak.
”Truth Social”tarmog‘ida yozishicha, Tramp buni data-markazlar qurilishiga rozilik bergan aholi uchun kompaniyalar taqdim etadigan o‘ziga xos “dividend” deb atagan.
AQShning bir qator shtatlarida bunday markazlar qurilishiga qarshilik kuchaygan. Sabab — ularning yuqori energiya iste’moli elektr narxining oshishiga olib kelishi mumkinligi.