Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp AQShdagi oraliq saylovlardan keyin o‘z tarafdorlarini saylov natijalaridan shubhalanishga undashi mumkin

Tramp AQShdagi oraliq saylovlardan keyin o‘z tarafdorlarini saylov natijalaridan shubhalanishga undashi mumkin

Tramp AQShdagi oraliq saylovlardan keyin o‘z tarafdorlarini saylov natijalaridan shubhalanishga undashi mumkin — The Guardian.

Saylov mutaxassislari Qo‘shma Shtatlarda shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tuvchi Kongress uchun oraliq saylovlaridan keyin ovozlarni sanash uchun ketadigan vaqt, bir necha soat va kunlar, siyosiy bosim hamda asossiz da’volar tarqatilishi uchun himoyasiz davrga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Sobiq federal hukumat amaldorlari va saylov jarayoni bo‘yicha mutaxassislar saylovdan keyingi “ovozlarni sanash davrini”ni ayniqsa himoyasiz palla sifatida qayd etmoqda.

Tramp ma’muriyati pochta orqali ovoz berishga keng ko‘lamli cheklovlar joriy etishga harakat qilgan edi. Biroq AQSh Oliy sudi bu jarayonni ovoz berishni cheklashga urinish sifatida baholab, to‘xtatgandi.

"Ayrim shtatlarda Trampga sodiq siyosiy kuchlar saylov natijalarini sanash jarayonidagi muhim vaqtdan foydalanib, tasdiqlanmagan da’volarni ommalashtirishi mumkinligi haqida xavotirlar bor. Saylov mutaxassislari esa ovozlarni sanash jarayonidagi oddiy kechikishlar yoki texnik muammolar noto‘g‘ri talqin qilinib, saylov natijalariga nisbatan shubhalarni kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantirgan", deb yozadi The Guardian.

Ma’lumot uchun, AQSh Kongressi uchun oraliq saylovlar 2026 yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Kongressning har ikki palatasidagi (Vakillar palatasi va Senat) o‘rinlar uchun saylovlar o‘tkaziladi.

Kiritildi: 21:58 28.09.2026. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!